Kripto-aktivlar mayningini huquqiy tartibga solishning yangi modeli: O‘zbekiston tajribasi
Keywords:
kripto-aktiv, mayning, maxsus mayning zonasi, “Besqala Mining Valley”, maxsus huquqiy rejim, rezident, raqamli iqtisodiyot, elektr energiyasi, davlat tomonidan tartibga solish, kripto-aktivlar aylanmasiAbstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar mayningini huquqiy tartibga solish tizimining 2026-yilda shakllangan yangi modeli tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasining tashkil etilishi mayning faoliyatini tartibga solishda umumiy huquqiy rejim bilan bir qatorda maxsus hududiy-huquqiy rejimni shakllantirdi. Maqolada mayning tushunchasining normativ mazmuni, mayning subyektlariga qo‘yiladigan talablar, maxsus zona rezidentlarining huquqiy maqomi, elektr energiyasidan foydalanish, mayning natijasida olingan kripto-aktivlarni realizatsiya qilish, davlat tomonidan ruxsat berish va nazorat qilish mexanizmlari tizimli-huquqiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida O‘zbekistonda mayningni tartibga solishning umumiy va maxsus rejimlardan iborat differensiallashgan modeli shakllanayotganligi asoslantiriladi.
References
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-son “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. LexUZ.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PQ-143-son “Qoraqalpog‘iston Respublikasida maxsus mayning zonasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. LexUZ.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2026-yil 22-iyundagi 22-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Besqala Mining Valley” maxsus mayning zonasi rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom (Adliya vazirligida 2026-yil 8-iyulda 3893-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori. LexUZ.
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2026 Begali Xolmirov Abdixamidovich

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.